21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Paxtakor tumanida joylashgan harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan “Tilni asra, millatni asra, kelajagimizni asra” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzolari va viloyat madaniyat boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘z olganlar til millatning ruhi, tarixiy xotirasi va tafakkur ko‘zgusi ekanini, uni asrash esa har bir inson, ayniqsa yosh avlodning muqaddas burchi ekanini ta’kidlashdi. O‘zbek tilining bugungi kundagi maqomi, uning xalqaro miqyosdagi nufuzi va kelajak avlodlar uchun qadr-qimmati haqida fikrlar bildirildi
