O`zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlarining xorijiy tillarni o`rganishga qiziqishini oshirish maqsadida Tillar kafedrasi professor-o`qituvchilari tashabbusi bilan joriy yilning 6 aprel kuni bilim yurti faollar zalida “English is Fun” nomli tadbir o`tkazildi.

Tadbir musobaqa ruhida tashkillashtirilgan bo`lib, unda bilim yurti 4 bosqich kursantlari o`zaro bellashdilar. Bunda kursantlardan tashkil topgan 2 jamoa 3 ta shart bo`yicha o`zlarining ingliz tili bilish darajasini namoyish etdilar.

Tadbirning qiziqarli hamda maroqli bo`lishi maqsadida musiqiy chiqishlar, sahna ko`rinishlari ham namoyish etildi. Tadbir so`nggida g`olib jamoa bilim yurti rahbariyati tomonidan  diplom hamda esdalik sovg`alar bilan taqdirlandi.