O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi tashabbusi bilan yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan xamkorlikda professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar o‘rtasida “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!” shiori ostida “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musoboqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

G‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.