Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohatlar qatori jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralik, demokratik yangilanish jarayonlari kundan kunga yuksalib, sayqal topib boraveradi.

Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya institutida “Konstitutsiya –barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda bir guruh harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Turli davlat va jamoat tashkilotlaridan mehmon sifatida tashrif buyurgan vakillar yangilangan Konstitutsiyamizning markazida gumanizm g‘oyasi qo‘yilganligi, yurtimizda yashayotgan millati, tili va dinidan qat’i nazar har bir insonga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib borish – davlat xizmatchisining, yurt himoyachisining sharafli insoniylik burchi ekanligi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Tantanali tadbirning badiiy qismida Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasining xushovoz xonandalari, an’anaviy raqs guruhi jamoasi,
Kitob tumani 10-sonli musiqa va san’ay maktabi o‘quvchilari, Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi tarbiyalanuvchilari hamda harbiy orkest jamoasining kuy-qo‘shiqlari bayram repertuaridan o‘rin oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi shodiyonalari tadbirning barcha ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.