O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish hamda optimalashtirishning dolzarb muammolari” mavzusida Xalqaro online ilmiy-texnik konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanda texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish hamda optimallashtirish, muammolarining hozirgi holati tahlili, ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish va ularni takomillashtirish hamda ushbu muammolarni hal qilish maqsadida Institutda faoliyat ko‘rsatuvchi professor o‘qituvchilar bilan birgalikda Institutning yosh pedagoglari va ilmiy yo‘nalishda ish olib borayotgan mustaqil izlanuvchilar, soha mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari vakillari, shuningdek, onlayn tarzda Rossiya Federatsiyasi, Belorusiya, Qozog‘iston va Hindistondan yetakchi olimlar, fan doktorlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etish bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashishga erishdi.