O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida Axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan “Ta’limda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash afzalliklari, muammolar va ularning yechimlari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi.
Anjumandata’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va bu yo‘lda amalga oshirilayotgan islohotlar, natijalar, yutuqlar va kamchiliklar to‘g‘risida dolzarb masalalarni ko‘rib chiqish hamda tahlil qilish borasida ma’ruzalar qilindi. Shu bilan bir qatorda o‘qitishning zamonaviy innovatsion usullari, axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning o‘rni va ahamiyati, harbiy ta’limda axborot xavfsizligi, harbiy sohada sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikni ta’minlash afzalliklari, harbiy kadrlarni tayyorlashda trenajyor va simulyatsiya dasturiy komplekslarining o‘rni kabi bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashildi, taklif va xulosalar tinglandi.