O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutiga kirish uchun imtixonlardan muvaffaqiyatli o’tib, qabul qilingan yoshlar oliygohda tantanali kutib olindi.
Dastlab, bo’lajak kursantlar va ularning ota-onalari uchun institut madaniyat markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uzoq yillik harbiy hayot tajribasiga ega faxriylar tomonidan sharafi kasbning egasi bo‘lish haqida iliq fikrlar bildirildi.
Shundan so‘ng, maskandagi sport majmuasi, yotoqxona, muzey, kutubxona, o’quv sinflari bo’ylab tashkil etilgan ekskursiya ham barcha uchun yanada qiziqarli bo’ldi.