Qarshi shahrida joylashgan 9-maktabda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbirda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institut rahbari yoshlarga, hayotda munosib o’rnini topishda, ma’naviy-intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida ulg’ayishi,borasida o’z fikrlarini bildirdi. Yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga toʻlaqonli javob olishi.
Shundan soʻng harbiy orkestr tomonidan vatani madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar kuylandi bu yoshlar qalbida vatanga muhabbat tuyg’ularini yanada oshirdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Ayniqsa faxriy qorovul tomonidan koʻrsatilayotgan ko’rgazmali mashqlar ularda oʻzgacha taassurot qoldirdi.