Harbiy aviatsiya institutida Radio ixtiro qilinganining 130 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi.
2025-yil 15-may kuni Harbiy aviatsiya institutining Radioelektron jihozlar kafedrasi tomonidan radio ixtiro qilinganining 130 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy- nazariy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada institut professor-o‘qituvchilari, kursantlar, yosh olimlar va taklif etilgan mehmonlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida radio texnologiyalarining tarixi, mashhur olimlarning hissasi, zamonaviy radioaloqa tizimlari hamda ularning harbiy va fuqarolik sohalaridagi istiqbollari muhokama qilindi.
Institut rahbariyati o‘z tabrik so‘zida radioning aloqa vositasi sifatida tutgan muhim o‘rnini va uning mudofaa tizimidagi ahamiyatini ta’kidladi.
Mazkur konferensiya ilmiy tajriba almashish barobarida, texnik merosimizni qadrlash va radioelektron sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash zarurligini yana bir bor eslatdi.
