Harbiy aviatsiya institutida ham Navro‘z shodiyonalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Erta tongdan doshqozonlar osilib, ahillikda solingan sumalak o‘z atrofiga yosh-u qarini birlashtirdi. Bo‘linmalar o‘rtasida tashkil etilgan osh musobaqasi va bahoriy taomlar ko‘rgazmalari ushbu ayyomning birdamlik va hamjihatlik elchisi ekanligidan dalolat berdi.

Sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar, yoshlar o‘rtasida varrak sayli tadbirga yanada ko‘tarinkilik ulashdi. El suygan xonandalar, baxshi va laparchilar tomonidan ijro etilgan ko‘p asrlik xalq og‘zaki ijodi namunalari asriy an’ana va qadriyatlarga boy Navro‘zga hamohanglik baxsh etdi