O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 12-sentabrdagi 323-sonli qaroriga asosan buyuk qomusiy olim va mashxur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida ham buyuk ajdodimizning xotirasiga bag‘ishlangan “Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, viloyatda joylashgan oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, nodavlat oliy ta’lim muassalaridan fan arboblari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari ishtirok etishdi.

Olimlar, tarixchilar, adabiyot ixlosmandlari, rassomlar va she’riyat shaydolarini bir yerga jamlagan ushbu konferensiyada ko‘tarilgan masalalar, bildirib o‘tilgan fikrlar kelgusida Mirzo Ulug‘bek shaxsiyati va temuriylar davri davlatchilik tarixini o‘rganishga muhim hissa bo‘lib xizmat qiladi. Quvonarlisi, Institut kursantlari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.