O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya institutida Aviatsiya jihozlari kafedrasi tomonidan “Avionika jihozlari ekspluatatsiyasida uchraydigan muammolar va yechimlar. Rivojlanish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston harbiy aviatsiyasiga zamonaviy avionika sohasidagi o‘zgarishlarni integratsiya qilish, yangi tipdagi uchish apparatlari uchun avionika jihozlarini ekspluatatsiyasidagi muammolar bo‘yicha nazariy tahlil qilish va yechimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, kelgusida soha yo‘nalishida yangicha yondashuv asosida o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratilgan. Mazkur konferensiyada texnik ixtisoslikdagi oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar, olimlar va elektronika sohasida innovatsion ishlanmalar bilan shug‘illanuvchi ixtirochilar ishtirok etishdi.