O‘zbekiston respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari o‘quv rejasiga asosan parvoz mashg‘ulotlarini bajarishga kirishdi.

Imtihonlarni yaxshi baholarga topshirgandan so‘ng, 15- fevral kuni kursantlar mazkur yildagi ilk amaliy parvozlarini amalga oshirishdi va o‘z o‘quv amaliyotlarini tiklashga kirishishdi.

Parvozlardan so‘ng kursantlar uchuvchi-yo‘riqchilari bilan birgalikda parvoz muhokamasini o’tkazadi va keyingi parvozlarga tayyorlanadi.

Parvozda  yuzaga kelgan kamchiliklarni kursantga yetkazish jarayonida uchuvchi-yo‘riqchi barcha yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni to‘g‘ri bartaraf etish yo‘llarini tushuntiradi.