“Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi muhim sana “O’qituvchilar va murabbiylar kuni”
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutida ham “Ustoz aziz” nomli bayram konserti boʻlib o’tdi. Bayramda institutida o’z faoliyatini olib borayotgan malakali ustozlar, mudofaa vazirining esdalik koʻkrak nishonlari hamda institut boshligʻining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Har bir insonning hayotida ustoz bo‘ladi. Ustoz – bu dars beruvchi emas, balki hayotga yo‘l ko‘rsatuvchi, insonni inson qiluvchi, qalbiga mehr, ko‘ngliga nur soluvchi shaxsdir. Ularning sabr-toqati, fidoyiligi va mehribonligi tufayli bugun jamiyatimizda minglab yutuqlar, muvaffaqiyatlar, ilmiy kashfiyotlar va vatanparvar yoshlar shakllanmoqda.
