Yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasini mustahkamlash, ularni harbiy xizmatchilarning xizmat shart-sharoitlari, qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Sharof Rashidov tumani 2-son Politexnikumining bir guruh o’quvchilari Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi harbiy qismda bo’lishdi.
O’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va jismoniy chiniqish nuqtalaridagi yuklamalardagi sinovlar o’quvchi yoshlarda o’zgacha taassurot qoldirdi.