O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya institutida Aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti tashabbusi bilan “Aviatsiya mutaxassislari kasbiy kompetentligini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada turli oliy ta’lim muassasalaridan pedogog, psixolog mutaxassislar, malaka oshirish markazlari professor-o‘qituvchilari hamda uchuvchi-yo‘riqchilar, malakali muhandislar ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan kursantlarning Institutni tamomlagach, yangi xizmat joylarida duch keladigan harbiy xizmat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar
va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar, Institutning malaka oshirish fakulteti tinglovchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda yangicha yondashuvlar, hozirgi axborotlashgan zamonda texnologik kompetentlikni o‘stirish, yangi axborotlarni o‘zlashtirish, muhim ijtimoiy talablarni anglay olish, xizmat yuzasidan yangi ma’lumotlarni izlab topish, uni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida fikrlar bildirildi. Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida joriy etilgan ilg‘or yutuqlar asosida o‘zaro tajriba almashildi.