Hech shubhasiz, xalqning oʻzligini namoyon etuvchi qadriyatlaridan biri uning milliy tilidir. Til millatning yashashi va ravnaq topishining kafolati, kerak boʻlsa asosiy sharti hisoblanadi. Zotan, bugungi tahlikali davrda har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat oʻz milliy manfaatlarini taʼminlash maqsadida, avvalo, oʻz ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiy.

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutida “Til yashasa, millat yashaydi” shiori ostida ko’tarinki ruhda o’tkazilgan tadbir ham ayni shu masalalarga bagʻishlandi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ona tilining jamiyatimizdagi ahamiyati uning oʻrni juda muhim ekanligi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirishdi.
Undan soʻng Qarshi shahrida joylashgan 23-maktab o’quvchilar tomonidan tayyorlangan turli chiqishlar mehmonlarga havola etilib tashrif buyurganlarga oʻzgacha kayfiyat ulashishdi.