Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlaridan iborat harbiy-vatanparvarlik karvoni Qarshi davlat universitetida bo’ldi. “Yangi O’zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida o’tkazilgan tadbirda bilim yurtining badiiy havaskorlik jamoasi hamda harbiy orkestr ijrosidagi konsert dasturlari namoyish etildi.