O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida “Zamonaviy dron texnalogiyalari-sanoatini rivojlantirishni yangi istiqbolli yo‘nalishi” mavzusidagi ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda Respublikamizning oliy ta’lim muassasalaridan yetuk professor-o‘qituvchilari hamda mutaxassislar o‘zlarining taqdimoti va maqolalari bilan ishtirok etdi.

Anjuman doirasida mutaxassislar o‘zlari tomonidan yaratilgan dron texnalogiyalarini namoyish etib, tajriba almashishdi, bu o‘z navbatida pedagog va mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarni yanada oshirishga sabab bo‘ladi.