O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida dam olish kuni rejasiga asosan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini mazmunli hordiq olishlarini ta’minlash maqsadida Qarshi shahridagi “Mulla To‘ychi” nomidagi drama teatriga tashrif buyurildi. Teatr truppasi tomonidan sahnalashtirilgan “Arshin Malalon” sahna ko‘rinishi tomoshabinlarga havola etildi. Mavzuga monand sahna dekoratsiyasi va musiqalar hamohangligidagi fon teatr ixlosmandlarini moziyga sayohat qilishga va o‘sha davr muhitini ko‘z oldiga keltirishga xizmat qildi.