Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti hamda Qarshi shahar madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida joylashgan Madaniyat markazida Axborot texnologiyalari va menejment unversiteti talabalar uchun bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda kuy-qoʻshiqlar, ijodiy chiqishlar va maʼrifiy taqdimotlar namoyish etilib, talabalarga yuqori kayfiyat ulashildi, shuningdek Konstitutsiyada belgilangan prinsiplarning ta’lim tizimida namoyon bo‘layotgan amaliy natijalari haqida ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir nafaqat Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligini munosib nishonlashga, balki talabalarda yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat va huquqiy madaniyatni mustahkamlashga xizmat qildi.
