O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida joriy yilning 26 sentabr kuni xalqimizning tinch-totuv hayotini ta’minlash, mamlakatimiz havfsizligi, shuningdek Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy Havo kuchlarining ertangi kuni va istiqboli uchun intellektual jihatdan yetuk, mantiqiy fikrlay oladigan, zarur kasbiy tayyorgarlik sir asrorlarini o‘rganishga shay bo‘lgan haqiqiy mard, jasur vatanparvar o‘g‘lonlarimizni Vatani, xalqi va Prezidentiga navbatdagi tantanali Qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda HHM va HHK qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik D.Usmanov, “O‘zbekiston qaxramoni” – M.Sharapova hamda boshqa davlat va jamoat tashkiloti vakillari tashrif buyurdi. Tantanali marosim so‘ngida harbiy orkestr sadolari ostida Marat Hakimovning vatanparvarlik kuy-qo‘shiqlari mehmonlarga yanada o‘zgacha xursandchilik baxsh etdi.