Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti negizidagi Jizzax gornizonida joylashgan harbiy qismda Jizzax harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda ishchi xizmatchilar ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan masʼul rahbarlarga murojaat qilishdi.
Sayyor qabulda bildirilgan murojaatlarning aksariyati bandlikka koʻmaklashish, taʼlim, uy-joy va adliya masalalariga oid boʻldi. Koʻplab murojaatlar shu zahotiyoq ijobiy hal etilib, zarur huquqiy maslahatlar berildi. Vaqt talab etiladiga masalalar boʻlsa, alohida nazoratga olinib, ularni hal etish boʻyicha aniq choralar belgilandi.