O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ-3726-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi 462-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga asosan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) harbiy xizmatchiga:
joylardagi tegishli doimiy faoliyat yurituvchi shahodatlash komissiyasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berishga loyiq deb topilgan harbiy xizmatchilarni tavsiya etish to‘g‘risida bevosita komandirlarning (boshliqlarning) tavsiyanomasi;
ma’lumotnoma ob’ektivka;
biografik ma’lumotlar;
xizmat faoliyati natijalari bo‘yicha batafsil hisobot;
harbiy xizmatchi farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning nusхalari.
b) halok bo‘lgan harbiy xizmatchiga:
mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi;
harbiy xizmatchining harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lganligi to‘g‘risida Mudofaa vazirining buyrug‘idan ko‘chirma;
harbiy xizmatchining o‘limi haqidagi guvohnomadan nusхa;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchi farzandining pasporti
va tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusхalari.
v) harbiy xizmat majburiyatini bajarish chog‘ida yaradorlik, shikastlanish, kontuziya yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchiga:
mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tavsiyanomasi;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan harbiy xizmatchining nogironligi haqidagi ma’lumotnoma;
yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar bo‘yicha harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazadigan muassasaning хulosasi; harbiy xizmatchi farzandining pasporti va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxalari.