Ekskursiya davomida oʻquvchi yoshlar institut faoliyati, kursantlarning o‘quv-tarbiya va kundalik turmush-tarzi, bilim olishi uchun yaratib berilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ayniqsa, tadbirda zamonaviy o‘quv simuliyatsion kompyuter sinflari va trenajor xonalarida o‘rnatilgan o‘quv modellari, harbiy bilim yurti bazasida tashkil etilgan “Aviamodelchilar” to‘garagi yosh tashrifchilarning harbiylikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Shunindek, yoshlar jangovar texnikalar hamda oʻqotar qurollar trenajyor komplekslarida boʻlib, amaliy mashgʻulotlarda oʻzlarini sinab koʻrishdi. Jarayonda mutaxassislar ham bevosita ishtirok etib, harbiy texnikalarni boshqarish boʻyicha maktab oʻquvchilariga tegishli maʼlumotlar berishdi.
