Har bir sohaning yetuk bilimli ustozlari, o‘z bilimini, hayotini shu sohaga baxshida qilgan faxriylari talaygina. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya institutida HHMQ va HHK qo‘mondonligi tarkibida ko‘p yillar xizmat qilgan zaxiradagi faxriylar polkovnik S.Madaminov, podpolkovnik B.Xamrayev, podpolkovnik I.Dadabayevlar ishtirokida harbiy xizmatchilar va kursantlar bilan “Faxriylar o‘giti – yoshlarga ibrat!” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Kursantlar tomonidan parvoz oldi va parvoz davomidagi uchuvchi hamda muhandislar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlar ketma-ketligidagi farqlar, yangi tipdagi uchish texnikasini o‘zlashtirish, uni ekspluatatsiya qilish davrida duch keladigan murakkab vaziyatlardan qanday chiqib ketish yo‘l-yo‘riqlari to‘g‘risida berilgan savollarga samimiy kechgan suhbat asosida to‘laqonli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, faxriy ustozlar tomonidan bugun harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tashlariga, qolaversa, oilasining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishiga alohida e’tibor berilayotgan davrda harbiy xizmatchi faqat va faqat shukronalik hissi bilan javob berishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.