Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti harbiy orkestri jamoasi 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qarshi shahrida joylashgan Iqtisodiyot va pedagogika universitetida “Aziz ustozlar” deb nomlangan chiqishlari bilan universitet professor-o‘qituvchilari va talabalariga bayramona kayfiyat ulashmoqda.
