Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti kursantlari hamda Xonabod qo’rg’onidan joylashgan harbiy qism askarlari oʻrtasida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Davlat bayrogʻi – Vatan timsoli” mavzusida quvnoqlar va zukkolar koʻrik tanlovi oʻtkazildi.
Tadbirdan “Aviators” hamda “Parvoz” jamoalari oʻzaro bellashdilar. Ikkala jamoa tomonidan namoyish etilgan sahna koʻrinishlari tomoshabinlarga yuqori kayfiyatda va koʻtarinki ruh baxsh etdi.
Tadbir soʻngida jamoalar hamkorlik timsoli sifatida bir-birlariga esdalik sovgʻalari berishdi.
