Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti negizidagi Jizzax gornizonida joylashgan harbiy qismda Jizzax harbiy prokuraturasi va viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton” mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida so‘z olgan soha mutaxassislari tomonidan korrupsiyaning jamiyat hayotiga, ayniqsa, mudofaa tizimi faoliyatiga yetkazadigan og‘ir va xavfli oqibatlari batafsil yoritildi. Hayotiy misollar asosida olib borilgan tahlillar orqali korrupsiyaning davlat boshqaruvi, fuqarolarning ishonchi va milliy xavfsizlikka ta’siri chuqur tahlil qilindi. Shu bilan birga, korrupsion holatlarning yuzaga kelish sabablari, ularning huquqiy bahosi hamda jazolanish mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
