Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti hamda Qarshi davlat texnik universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalari boʻyicha memorandum imzolandi. Memorandumda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, akademik Saidabror G’ulomov, Qarshi davlat texnika universiteti rahbariyati, rofessor-o’qituvchilar yosh tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtrok etishdi.
Memorandumning asosiy maqsadi tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, shuningdek, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.
Shuningdek taʼlim tizimida taʼlim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllashda hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
