Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti magistr tinglovchilari hamda Xalqaro innovatsion universiteti Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi magistrantlari o‘rtasida “Importance of Artificial Intelligence in learning Foreign languages” nomli debat bo‘lib o‘tdi.
Sun’iy intellektning xorijiy tillarni o’rganishdagi ahamiyati, uning ijobiy hamda salbiy tomonlari xususida fikr yuritildi. Asoslangan faktlar va tahliliy qarashlar asosida har ikkala jamoa vakillari o‘z pozitsiyalarini ingliz tilida batafsil izohlashdi.
Tadbir soʻngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
