Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti negizidagi Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qismda “Korrupsiyaga davlatni, millatni yemiruvchi illat, jamiyati tanasidagi saraton” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan soha mutaxassislari korrupsiyaning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini atroflicha tahlil qilib berdilar. Ayniqsa, hayotiy misollar, amaliy holatlar va mavjud huquqiy asoslar orqali korrupsiyaning ko‘rinishlari, sabablari va oqibatlari keng yoritildi.