Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutida “Metrologiya” sohasi boʻyicha navbatdagi tahsil jarayonlar oʻz yakuniga yetdi.
Tahsil jarayonida serjantlar Metrologiya sohasi boʻyicha malakali harbiy ustozlar va oʻqituvchilardan 72 soatlik nazariy bilimlarini mustahkamlab, o’lchov uskunalarining bir xilligiga erishish uchun qoʻllanadigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlash boʻyicha ham qoʻshimcha amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi. Bitruv marosimida Harbiy aviatsiya instituti rahbari ularga egallagan bilimlarini xizmat faoliyatida toʻgʻri qoʻllashi boʻyicha oʻzing iliq fiklarini bildirib sertifikat va tashakkurnomalar topshirdi.
