Ushbu hamkorlik axborot texnologiyalarini aviatsiya sohasidagi uygʻunligini taʼminlashda innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etishni belgilaydi. Memorandum aviatsiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, yosh muhandislarning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash va ularni texnopark loyihalariga jalb etish, qolaversa institut kursant va tinglovchilar uchun amaliyot hamda tajriba maydoni sifatida foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Amalga oshirilayotgan ilmiy natijalarni tijoratlashtirishga yoʻnaltirish va startap faoliyatini rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.
O’zaro kelishuvda hamkorlik yoʻl xaritasida koʻzda tutilgan qoʻshimcha tadbirlar – hakaton, trening, mahorat darslari va ilmiy-amaliy seminarlarni tashkil etish boʻyicha kelishuv amalga oshirildi.
