Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutida “Aviatsiya elektron uskunalarining ta’mirlanishida uchraydigan muammolar va ularning yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-nazariy konferensiya bo’lib o’tdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi mavjud uchish apparatlari va ularning turli tizimlari modernizatsiyasi natijasida uchish apparatlarining aviatsiya jihozlari ekspluatatsiyasi bilan bog’liq muammolarni o’rganish va ularga yechim izlash, zamonaviy uchish apparatlarini o’zlashtirish hamda ularni ekspluatatsiya qilishda yangi bilimlarni muhandis-texnik tarkibga samarali yetkazish metodikasini takomillashtirish.

Mazkur konferensiyada tegishli davlat ilmiy-tadqiqot va ishlab chigarish tashkilotlari oliy ta’lim va oliy harbiy ta’lim muassasalarining yetakchi vakillari, sohaning tajribali mutaxassislari ishtirok etadilar.