“Milliy armiyamiz — Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida “Harbiy qismda bir kun loyihasi doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi harbiy bo‘lim boshlig‘i hamda harbiy qism komandiri ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalq va armiyaning o‘zaro yakdilligini mustahkamlash, shuningdek, yoshlarda Vatanga muhabbat, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir qizg‘in savol-javoblar ruhida o‘tdi. Loyihaning amaliy bosqichida tashkil etilgan musobaqalar g‘oliblariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda harbiy qism komandiri tomonidan faxriy diplomlar va kitoblar topshirildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, armiyaga hurmat va ijtimoiy faollik ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.