Xalqimizda «Kasallikni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal» dеgan purhikmat naql bor.

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutida ham huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Qarshi harbiy prokuraturasi, Qarshi garnizoni yong’in nazorati inspeksiyasi, hamda Qashqadaryo favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʼul hodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir davomida joylarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, kuz-qish mavsumi davrida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, hamda noqonuniy ishlarning oldini olish borasida huquqiy maslahatlar berildi.

Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” faqatgina yakka chora-tadbir emas, balki jinoyatchilikka qarshi keng qamrovli harakatlar tizimining muhim bir boʻgʻini hisoblanadi.