Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya instituti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Qarshi shahrida joylashgan harbiy qismda davlat sirlari hamda harbiy sirlarni saqlash bo’yicha davra suhbati o’tkazildi.
Unda davlat va harbiy sirlarni saqlash har bir insonning fuqarolik burchi ekani, uni oshkor etish salbiy oqibatlarga va jinoiy javobgarlikka olib kelishi haqida mutaxassislar tomonidan atroflicha maʼlumot berildi. Har bir fuqaro mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligi, farovon turmush kechirishi uchun javobgardir.
