Harbiy aviatsiya instituti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi, Qarshi harbiy prokuraturasi, viloyat Yoshlar ishlar boshqarmasi bilan hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqa yoshlarga oid davlat siyosatini yanada samarali amalga oshirish, harbiy qism va muassasalardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatlarini oshirish hamda harbiy xizmatchilar orasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan.

Musobaqada Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar, Bojxona, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa kuch tuzilmalari qoshidagi harbiy qism va muassasalardan tuzilgan 10 ta kuchli jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar murakkab, mantiqiy va ilmiy mazmunga ega savollarga javob berish jarayonida tezkor tafakkur hamda teran bilim darajalarini namoyish etdilar.

Bahs-munozaralarga boy o‘tgan musobaqa davomida qatnashchilar tarix, adabiyot, fan, zamonaviy texnologiyalar hamda mamlakatimizdagi islohotlarga oid savollar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Mazkur intellektual o‘yin yoshlar o‘rtasida ilm-fan va madaniyatga qiziqishni oshirish, shuningdek, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Hakamlar tomonidan berilgan ballar Tanlov yakunida umumlashtirildi. Eng yuqori ball to‘plagan jamoalar
3️ – o‘rinni “Harbiy aviatsiya instituti” jamoasi
2️ – o‘rinni “Viloyat Bojxona boshqarmasi” jamoasi;
1️- o‘rinni “viloyat Ichki ishlar boshqarmasi” jamoasi egalladi
G‘olib jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan bilan taqdirlandilar.