Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning barcha yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yilning 15-noyabrda “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangicha bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 393-sonli qarori qabul qilingan.

Ushbu qaror doirasida ayni kunlarda maktablardagi Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (ChQBT) fani o‘qituvchilarini saralash va munsib nomzodlar bilan lavzoimlarni butlash ishlari boshlab yuborildi. Mazkur tadbirlar asnosida Qarshi shahrida joylashgan umumta’lim maktablari va “Jasorat maktablari” ni sifatli kadrlar bilan butlash maqsadida O‘zbekiston respublikasi harbiy aviatsiya institutida Qarshi shahar mudofaa ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda saralash tadbirlari amalga oshirildi.