O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi korrupsiyaga qarshi kurash ichki nazorat bo‘limi mutaxassislari tomonidan Harbiy aviatsiya institutida qo‘shinlarda sodir etilgan korrupsion jinoyatl;ar va ularning ayanchli oqibatlari, harbiy xizmatchilarni turli ko‘rinishdagi jinoyatlarga aloqador bo‘lib qolishlarini oldini olish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari hamda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuvda so‘z olganlar tadbirning dolbzarligi, ahamiyatini yoritib o‘tdi va o‘z ma’ruzasida mamlakatimizda jamiyatni ildiziga bolta uradigan, uni qoloqlik sari tortadigan illatlardan eng xavflisi korrupsiya balosi ekanligiga to‘xtaldi.
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida korrupsion holatlarni jilovlash maqsadida yangicha tizim joriy etilganligi, jamoatchilik nazoratini o‘rbatilganligi, harbiy xizmatchilarda oqibati o‘ylangan sog‘lom qo‘rquvni shakllantirish borasida .anchagina samarali ishlar amalga oshirilganligiga alohida urg‘u berildi.