Buyuk va mutafakkir shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy, shoh va shoir, olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunlari munosabati bilan joylarda qator adabiy-maʼrifiy kechalar o‘tkazilmoqda.
Harbiy aviatsiya institutida “Bir asrning ikki buyuk dahosi” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy kecha ham buyuk siymolarning hayoti va ijodiga bag‘ishlandi.
Tadbirda so‘z olganlar har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta o‘rin tutishi, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot ahliga ko‘rsatgan homiyligi jihatidan ham o‘xshashi yo‘q siymo ekanini ta’kidladi. Tadbirning badiiy qismida sahnalashtirilgan chiqishlarda ikki mutaffakirning hayoti va ijod yo‘llari, davlatchilik faoliyati gavdalantirildi. Ijro etilgan she’riy va sahna chiqishlar, raqs hamda kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarga estetik zavq va madaniy hordiq baxsh etdi.
Tadbir so‘ngida institut rahbariyati tomonidan faol ishtirok etgan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.