O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti boshlig‘i boshchiligida Institutning bir guruh harbiy xizmatchilari, faxriy qorovul bo‘linmasi hamda harbiy orkestr jamoasidan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan Qarshi tumanida joylashgan umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

        Uchrashuv davomida yoshlarning harbiy xizmat, harbiy ilm-fan hamda Institutdagi shart-sharoitlar bilan bog‘liq savollariga atroflicha javob berildi. Uchrashuvdan so‘ng, harbiy orkestr ijrosidagi konsert dasturlari hamda faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.