O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida mahallalarda otaliqqa olingan yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir davomida turli sohalarda uzoq yillar rahbarlik qilgan, fan-texnika, iqtisodiyot va harbiy aviatsiya sohalarida xizmat qilayotgan rahbar lavozimidagi xodimlar va endigina mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yoshlar o‘rtasida samimiy suhbat o‘tkazildi.