Respublika qon quyish markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya institutida barcha toifadagi harbiy xizmatchilar va Institutda faoliyat ko‘rsatayotgan Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilari tomonidan turli xastalik bilan og‘rigan va onkologik davolanish muassasalarida muntazam davolanadigan bemorlar uchun beg‘araz qon topshirish donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Qon topshirish markazi bilan kelishuv asosida 5 nafar bemor Institut tomonidan otaliqqa olindi.