O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutida Uchish apparatlari va dvigatellarining tuzilishi va ekspluatatsiyasi kafedrasi tomonidan “Uchish apparatlarini ekspluatatsiya qilishda va parvozga tayyorlashda aviatsiya muhandislik ta’minotini tutgan o‘rni va vazifalari” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad zamonaviy uchish apparatlarini ekspluatatsiya qilishda aviatsiya muhandislik ta’minotini amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish, bundagi ayrim texnik va texnologik muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topishga qaratilgan.
Mazkur konferensiyada Institut mutaxassislari bilan birgalikda Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlariga tegishli harbiy qismlardan tashrif buyurgan aviatsiya muhandislarining ma’ruzalari tinglandi va istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.