Yig‘indan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘tgan o‘quv yilini sarhisob qilish va yangi o‘quv yiliga vazifalar belgilash, o‘tkaziladigan eng murakkab majmuaviy mashg‘ulotlar va amaliyotlar uslubiyotiga doir yagona qarash va yondashuvlar ishlab chiqish, ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarning yangi talablari va qo‘shinlarda to‘plangan tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, nazariya va amaliyotning yangi qirralarini o‘rganib chiqish, o‘quv, uslubiy, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha tajriba almashish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash, Institut professor – o‘qituvchilar tarkibi va kursantlar bo‘linmalari komandirlarining o‘quv, uslubiy, ilmiy-innovatsion va tarbiyaviy faoliyatini takomillashtirish bo‘lib, rejalashtirilgan mashg‘ulotlar ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar, treninglar shaklida o‘tkazildi.