O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida ham ofitser boʻlishni maqsad qilib, 5 yil davomida uchuvchilik va muhandislik sohalari boʻyicha saboq olgan samo lochinlarining navbatdagi bitiruv tantanalari boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda soʻzga chiqqanlar yosh ofitserlarni qutlab, yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib, ularga taʼlim-tarbiya bergan ustoz-murabbiylar va ota-onalarning mehnatini eʼtirof etdi.

Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti bitiruvchilariga diplom va koʻkrak nishonlarni Mudofaa vazirining o‘rinbosari HHMQ va HHK qo‘mondoni general-mayor Axmad Burxonov, JG‘MHO qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov tomonidan tantanali topshirildi.