O‘ROHABYuda  Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan “Amir Temur buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda” shiori ostida ma’naviyat haftaligi o‘tkazildi, xaftalik doirasida bilim yurti kursantlarining Shaxrisabz shaxridagi Amir Temur majmuasiga tashrifi tashkil etildi. Harbiy xizmatchilar ishtirokida “Amir Temurning mamlakatni birlashtirish va markazlashgan, buyuk davlat tuzishdagi tarixiy xizmati” mavzusida ilmiy amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda  tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna, QarDU O‘zbekiston tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi Karomov G‘ulom Xamitovich, Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyi ilmiy xodimi Nigora Chorievalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek  kursantlar o‘rtasida “Amir Temur va temuriylar tarixi bilimdoni” mavzusida viktorina o‘tkazildi. G‘olib jamoa bilim yurti qo‘mondonligi tomonidan taqdirlandi.