O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutining Jizzax garnizonida joylashgan o‘quv markazida Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlardagi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar tarkibi bilan uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari mutaxassisligi boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

Taktik uchuvchisiz uchish apparatlari kafedrasida tahsil olgan va nazoratlarni ijobiy topshirgan harbiy xizmatchilarga Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshligʻi oʻrinbosari hamda Harbiy aviatsiya instituti rahbari tomonidan oʻqishni tamomlaganliklari toʻgʻrisidagi sertifikatlar tantanali topshirildi.

Tadbir yakunida harbiy orkestr hamda Jizzax viloyati filarmoniyasi ijodiy jamoasi tomonidan konserti dasuri namoyish etildi.